Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Prezident sovgʻalari” oʻz egalari tomon yoʻl oldi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga beriladigan "Prezident sovgʻalari" ni hududlarga joʻnatish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar targʻibotiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.
“Taʼminot va logistika xizmati” korxonasi hududidan boshlangan tadbirda vazirlik mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari, pedagoglar ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, 2024-2025-oʻquv yilida respublikadagi mavjud 10 182 ta umumtaʼlim maktabiga 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar 586 290 nafar (81,5%) oʻquvchi qabul qilindi.
1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” berilishi koʻzda tutilgan. 
Ushbu oʻquv qurollari joriy yilning 10-avgustiga qadar hududlarga, 20-avgustiga qadar qabul qilingan oʻquvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga toʻliq yetkaziladi.

Tadbir ishtirokchilari press-tur davomida Toshkent shahridagi 126-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda 204-sonli DMTT faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.