Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Sportning kurash turi bo‘yicha respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi

"Kurash-milliy g‘ururimiz" shiori ostida sportning kurash turi bo‘yicha respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-6, 7-8, 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, 14 ta vazn toifasida "Kurash - milliy g‘ururimiz" shiori ostida respublika (final) bosqich musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada hududlardan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod o‘smirlar o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida:
Toshkent shahar jamoasi – 1-o‘rinni,
Toshkent viloyati jamoasi – 2-o‘rinni,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi – 3-o‘rinni.
Xorazm viloyati jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.

 G'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.