Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Matematika va kimyo fani o'qituvchilari malaka oshirishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda matematika va kimyo fanidan o'quv seminarlari tashkil etildi. 
Unda ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarda faoliyat olib boruvchi 50 nafar matematika va kimyo o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 
Mashg‘ulotlar Sankt-Peterburg davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Anna Mochkina va Nikita Semeniuk tomonidan olib borildi.