Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Osiyo infratuzilma investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasidagi investitsiyalar bo‘yicha vitse-prezidentning katta maslahatchisi Xong Vey hamda vazirlik huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" Bosh direktori Ulug‘bek Kasimxodjaevlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy yangi umumtaʼlim maktablarini barpo etish orqali yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish hamda istiqboldagi boshqa hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.