Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-ноябрь 2024, 19:18
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (id karta) olishni so‘raydi


Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlar endi avvalgidek oliy ta’lim muassasalariga ovora bo‘lib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga xojat qolmadi. 
Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.    
Bu jarayonda  bitiruvchilarga yanada qo‘laylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.
Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchi yoshlar!
Farzandingizning konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni so‘raymiz.
Maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirishda ko‘maklashishga chaqiramiz.
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun  Ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lmi vazirligi