Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yunusobod tuman bosqichiga start berilmoqda

Joriy yilning 19- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining Yunusobod tuman bosqichini o‘tkazishga start berildi. Tanlovda tumandagi 40 ta umumta'lim maktablaridan 200 nafar  o‘quvchilar  qatnashib  o‘z bilimlarini  sinamoqdalar. Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb, topiladi hamda keyingi bosqich(viloyat)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi.