Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"AFL for kids Tashkent" Xalqaro musobaqasi o‘tkazildi

2023 yil 25 - 30 mart kunlari Toshkent shahrida 2011, 2012 va 2013 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida "AFL for kids Tashkent" Xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Xalqaro musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalari futbol klublari ishtirok etdi. 
Ishtirokchilar orasida "Bunyodkor" futbol klubi tarbiyalanuvchilari xam sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi. Musobaqa yakunida "Bunyodkor" futbol klubining 2011 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilar tomonidan kumush medal va diplom bilan taqdirlanishdi.