Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi


Bugun, 21 fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.