Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab o'quvchilari "Poytaxt sardorlari forumi" da ishtirok etishdi

Yunusobod tumanidagi 250 va 246-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari bugun O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining faollar zalida tashkil etilgan "Poytaxt sardorlari forumi" da ishtirok etishdi. Forum doirasida "Yoshlarning psixologik rivojlanishi" treninggi, "Men ham sizdek sardor bo'laman" motivatsion uchrashuvi, "Yulduzli kun" loyihasi, "Talent show" loyihasi va shu kabi turli hil yo'nalishdagi qiziqarli suhbatlar tashkil etildi. Mazkur forum ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.