Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

3 “E” - sinf o‘quvchilari "Politexnika muzeyi"ga ekskursiya uyushtirishdi

3-“E”-sinf o‘quvchilari "Politexnika muzeyi"ga ekskursiya uyushtirishdi.


Muzey Toshkent shahri markazidaga “O‘zavtosanoat” kompaniyasining yangi binosida joylashgan. Uning ekspozitsiyasi uch bo‘limdan iborat:1. Jahon avtomobilsozlik tarixi
2. O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi
3. Interaktiv amaliy mashg‘ulot
Birinchi bo‘limda jahonga taniqli “Folksvagen Qo‘ng‘iz”, “Moskvich-400”, GAZ-13, Chayka kabi avtomobillar namoyish qilingan. Shuningdek, g‘ildirak qachon paydo bo‘lgani yoki birinchi seriyali ishlab chiqarilgan avtomobil qay ko‘rinishda bo‘lgani kabi qiziqarli faktlar mavjud.
“O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi” bo‘limida “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar, mamlakatda ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil haqida va boshqa ko‘plab ma’lumot olish mumkin. “Spark avtokomponentlari” ekspozitsiyasida bu mashinaning barcha detallari namoyish etilgan. Ko‘rgazmada 3D-mapping tomosha usulidan foydalanilgan.
“Interaktiv amaliy mashg‘ulot” bo‘limi fan-texnika olamiga sayohatdan iborat. Har bir eksponat biror-bir fizika qonunini aks ettiradi. Unda abadiy dvigatel, Arximed richagi, Nyuton mayatnigi va boshqa fizik ashyolar mavjud.
Muzeyda illyuziya xonasi mavjud, unda raqs tushuvchi robotlarni, Tesla g‘altagi tomoshasini, ko‘zgu labirintini ko‘rish, “shiftda yurish” mumkin.
Bolalar uchun rangli koptokchalarda “cho‘milish”, mashinada sayr qilish kabi maydonchalar bor.
Muzey ish rejimi:
1-qavat («Jahon avtomobilsozlik tarixi», «O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi») — 10:00dan 18:00gacha
2-qavat («Interaktiv amaliy mashg‘ulot») — seanslar 10:00, 12:00, 14:00, 16:00da.