Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Yashin Sultonov oxirgi ikki oyda poytaxtimizdagi umumta'lim maktablarida faoliyat boshlagan direktorlar bilan uchrashdi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda mazkur ta'lim muassasalarida yechimini kutayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.