Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-октябрь 2026, 16:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimiz “Kitobxon Toshkent” loyihasining III bosqichi doirasida 1000 nusxadagi kitoblarni qabul qilib oldi

Bugun Yunusobod tumanidagi 246-sonli maktab Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Kitobxon Toshkent” loyihasining III bosqichi doirasida 1000 nusxadagi kitoblarni qabul qilib oldi.
Ushbu kitoblar maktab kutubxonasi fondini yanada boyitib, o‘quvchilarimiz uchun mutolaa qilish, yangi bilimlarni egallash va o‘z ustida ishlash borasida yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda farzandlarimizning ma’naviy va intellektual kamolotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun loyiha tashkilotchilariga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz!