Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

26-iyun "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash" kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan "XUMO" nomli maydonchada 26-iyun "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash" kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda tarbiyalanuvchi o'quvchilar mavzuga oid rasmlar chizishdi.

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni – giyohvand moddalarga yana bir bor yo‘q deyish, o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga tushib olish, ko‘makka muhtojlarga yordam berish uchun yana bir sababdir.Jahonda qayd qilinadigan o‘limlarning 43 ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19-o‘rinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yil muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. 1909 yilning fevral oyida 13 ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida Shanxayda to‘planishdi. O‘shanda Shanxay komissiya tashkil etildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 211 mingta o‘lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropada giyohvandlik oqibatida halok bo‘layotganlarning o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi OITSga mubtalo bo‘ladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi.