11-D sinf o‘quvchisi Raximxo‘jayev Asilxo‘ja xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin qabul qilindi.
Ushbu yutuq — maktabimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari, ustozlar mehnati va o‘quvchining intilishlari natijasidir. Bu natija maktabimiz o‘quvchilari uchun katta motivatsiya va yorqin namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Raximxo‘jayev Asilxo‘ja quyidagi universitetlarga qabul qilindi:
— Roosevelt University
— Arizona State University
— Florida International University
— Chicago University of Illinois
Ishonamizki, bunday yutuqlar kelgusida ham davom etadi va o‘quvchilarimiz xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi.
246-maktab o‘z o‘quvchilari bilan faxrlanadi!