Bugun, 18-mart kuni, Respublika umumta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘qish savodxonligi» Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumanidagi 246-maktab o‘quvchilari Toshkent shahri miqyosida ikkita faxrli sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar:
4 -J sinf o‘quvchisi Sobirxo‘jayev Imronxo‘ja – 2-o‘rin,
4 -D sinf o‘quvchisi Maksimova Nadejda – 3-o‘rinni egalladi.
O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nomidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar, ularning ota-onalari esa vazirlikning minnatdorchilik yorliqlari bilan mukofotlandilar.
G‘oliblarimizga kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar va katta g‘alabalar tilaymiz! Biz ishonamiz — bu katta yutuqlarning boshlanishi!
Bolajonlarga yangi zafarlar va yorqin yutuqlar tilaymiz!