
O‘zbekiston milliy o‘smirlar xokkey jamoasi (18 yoshgacha) Gonkongda bo‘lib o‘tgan III divizion A guruhi jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatida tarixiy g‘alabaga erishdi.
Milliy terma jamoa tarkibida 246-maktab o'quvchilari: Xalevin Bogdan (10-sinf "Z") va Xamzin Ilmar (9-sinf "E") bor edi.
Hal qiluvchi o‘yinda o‘zbek xokkeychilari Isroil jamoasini 6:3 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, turnir oltin medalini qo‘lga kiritdi va Jahon chempioni bo'lishdi!
Chempionlarimizni tabriklaymiz!
Milliy terma jamoa o'yinchilari ushbu tarixiy g'alabani 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishladilar. Xokkeychilar o'z yutug'i chempionlarni tarbiyalagan onalarga, shuningdek, mamlakatning barcha ayollariga bag'ishlanganini ta'kidladilar.