Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-апрель 2026, 18:57
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanida joylashgan 246-sonli umumta’lim maktabida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


Ushbu uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni va o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilganligini kuchaytirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tuman prokurori Ya.A.Abdurahmonov va tumandagi mas’ul rahbarlar hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mas’ullarga biriktirilgan muammoli yoshlarning kontrakt to‘lovlari, kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratish kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari diqqat bilan tinglandi va ulardan 21 nafarining murojaati joyida ijobiy hal etildi, 7 nafarining murojaati o‘rganish uchun nazoratga olindi.
Barcha taklif va muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.