
Ishtirokchilar yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik, jamoaviy ruh va g‘alaba qozonish istagini namoyish etdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra, 9-"Z" sinf birinchi o‘rinni, 9-"F" sinf ikkinchi o‘rinni, 9-"I" sinf uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqaning barcha ishtirokchilari va g‘oliblarini tabriklaymiz! O'quvchilar o‘zlarining sport mahorati, irodasi va o‘rtoqlariga yordam berishga tayyorligini namoyish etdilar. Ushbu musobaqa kelajakdagi Vatan himoyachilari uchun haqiqiy jasorat va vatanparvarlik maktabiga aylandi.