Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 27-октябрь 2025, 18:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyat samaradorligi moddiy ragʻbatlantiriladi


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra:

➖ umumtaʼlim muassasasining direktori va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra har oylik ustamalar toʻlanadi;

➖ umumtaʼlim muassasalarining direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi umumtaʼlim muassasasining quyidagi belgilangan koʻrsatkichlariga muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi:

➡️ akademik natijalar;
➡️ noakademik natijalar;
➡️ tarbiyaviy ishlar samaradorligi;
➡️ moliyaviy faoliyat samaradorligi;
➡️ malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi;

➖ koʻrsatkichlar boʻyicha baholash metodikasi va tartibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

➖ Direktorlar kengashlarida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasi direktorlariga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz har oylik ustamalar toʻlanadi.

Shuningdek, qaror asosida:

➖ oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantiriladi;

➖ umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan oʻqituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlanadi.

Qarorning toʻliq matni (https://lex.uz/docs/7782935)