Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kamalak” bolalar oromgohi tashkil etildi

“Kamalak” bolalar oromgohi yozning issiq kunlari boshlangach, bu maskan o‘g‘il-qizlarning shodon qiyqiriqlari bilan fayzga to‘ldi.Ajoyib havosi, so‘lim tabiati bilan dilga zavq beradigan  oromgohda maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til mavsumini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Hududning go‘zal manzarasi charchoqdan forig‘ etsa, maskanda tashkil qilingan turli to‘garaklar, ko‘ngilochar tadbirlar kuningizga mazmun bag‘ishlaydi.O‘quvchilar ijodiy qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan xonalar, kutubxona, sport-sog‘lomlashtirish, kompyuter savodxonligi to‘garaklari xonalari ham o‘quvchilar uchun tayyorlandi.Bolalar ertalabki salqinda maktab bog‘i etaklari bo‘ylab sayr uyushtirib, kunduzi fan va sport to‘garaklari bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda.