Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Bugun maktab hovlisida ham o'qish yakuniga yetganiga qaramasdan, maktab rahbariyati tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.Tadbir davomida bolalarga estalik sovg‘alari topshirildi.Turli xil ko‘rik tanlovlar tashkil etildi. Tadbir yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.Xulosa qilib aytganda, «Bolalarni himoya qilish kuni» bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir. Shuningdek, bayramni nishonlashning asosiy maqsadi – ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va axloqan pok bo‘lib voyaga yetkazishdir.