Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-декабрь 2025, 22:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Prokuror va yoshlar” turkumidagi “PRO-FEST: Yoshlar. Huquq. Kelajak” mavzusida ochiq uchrashuv tashkil etildi


2025-yil 7-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli Yunusobod tumani 246-sonli umumta’lim maktabida Yunusobod tumani prokurorining tashabbusi bilan “Prokuror va yoshlar” turkumidagi “PRO-FEST: Yoshlar. Huquq. Kelajak” mavzusida ochiq uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda quyidagi faxriy mehmonlar ishtirok etdilar:
Yunusobod tumani prokurori Y.Abdurahmonov. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi S.Kirgizbayev, Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul xodimlari, taʼlim muassasalari rahbarlari hamda faol yoshlar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, ochiq muloqot orqali yoshlarga motivatsiya berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan, namunali xulq va o‘z bilimlari bilan tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan 12 nafar o‘quvchi Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan faxriy yorliqlar (gramotalar) va maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirga taniqli DJ Macarella ham tashrif buyurdi. Uning jonli ijrosi va ijodiy chiqishlari bayramona kayfiyat yaratdi va yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
“PRO-FEST” doirasidagi bu uchrashuv yoshlarga nafaqat huquqiy bilim, balki kuchli motivatsiya, ijtimoiy faollik va kelajak uchun ishonch bag‘ishladi.