Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-июль 2025, 21:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar belgilangan reja asosida tashkil etilmoqda


Xususan, 7–10-sinf o‘quvchilari uchun kasbiy yo‘naltiruv to‘garaklari faoliyati boshlab yuborildi. Avtodeling, sartaroshlik, fotosuratchi, axborot texnologiyalari (IT), kassir-sotuvchi, tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda maxsus kasbiy to‘garaklar tashkil etildi. 

Shuningdek, ingliz va xitoy tillarini o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xorijiy tillarga qiziqish bildirgan o‘quvchilar ushbu mashg‘ulotlarga faol jalb etilmoqda. 

Ayni paytda, 246-sonli maktabda jami 300 nafarga yaqin o‘quvchi mazkur to‘garaklarga jalb etilgan. Ular nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallamoqdalar. Ushbu tadbirlar respublika ommaviy axborot vositalari, shuningdek, televideniye orqali keng yoritilmoqda.