Yunusobod tumani 246-sonli umumtalim maktabida, "Ilm-eng buyuk sharaf" shiori ostida o'tkazilgan so'nggi qo'ng'iroq O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
So'ngra maktab direktori E.R.Yuzlikayeva so'zga chiqib, bitiruvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi hamda prizidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning bitiruvchilar uchun murojatnomasini o'qib eshttirdilar.
Undan sòng faxriy mehmonlar, ota onalar, il'gor o'quvchilar, va ustozlar so'zga chiqib, yoshlarga ilmning yuksak qadri hayotida maqsad sari intilish halolik va fidoiylik haqida samimiy fikrlarini bildirdilar.
Bitiruvchi o'quvchi tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari sherlar kuy qòshiqlar tadbirga o'zgacha ruh bag'ishladi.