Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-сентябрь 2024, 09:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ommaviy sayyor qabulda xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari tomonidan murojaatlar ijobiy hal etildi

Joriy yilning 25 - 27 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabuli davomida Xalq ta’limi vazirligi tizimiga oid  kelib tushgan 21 ta murojaat o‘rganildi.
Ushbu murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 7 tasi o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan 1-sinfga qabul va uning tartibi, farzandini o‘qishini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish hamda ish bilan ta’minlash kabi masalalarda murojaat qilindi.
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek  vazirlik mas’ul xodimlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman rahbarlari qabul davomida fuqarolarning barcha murojaatlariga batafsil javob berdi.